Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 13-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Inter” safarda “Atletiko” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Federiko Dimarko hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, “matraschilar” futbolchisi Antuan Grizmann javob golini urdi. Birinchi bo‘limda ushbu hisob saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 87-daqiqaga kelib, Memfis Depay madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Atletiko” hisobni tenglashtirdi (dastlabki o‘yinda “Inter” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi) va hakam qo‘shimcha bo‘limlar uchun hushtagini chaldi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa “Atletiko Madrid” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi.
“Borussiya D” o‘z maydonida “PSV”ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Dortmundliklar tarkibida Jeydon Sancho hamda Marko Royslar gol mualliflariga aylandi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, nemislar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
YCHL
1/8 final
13-mart, chorshanba
“Atletiko” – “Inter” 2:1
Penaltilar seriyasi: 3:2
Gollar: 0:1 – 33 Dimarko, 1:1 – 35 Grizmann, 2:1 — 87 Depay.
“Atletiko”: Oblak, Molina (Barrios, 79), Savich, Ermoso, Vitsel, Koke, De Pol (Korrea, 71), Lyorente, Grizmann, Morata (Depay, 79), Lino (Rikelme, 71).
“Inter”: Zommer, Dumfris (Darmian, 73), de Vrey, Pavar, Bastoni (Acherbi, 73), Dimarko, Frattezi, Mxitaryan, Chalhano‘g‘lu, Barella, Tyuram, Martines.
Ogohlantirish: Ermoso (41).
“Borussiya D” – “PSV” 2:0
Gollar: 1:0 – 3 Sancho, 2:0 – 90 Roys.
“Borussiya D”: Kobel, Zyule, Hummels, Jan, Matsen, Zabitser, Brandt (Nmecha, 58), Ozjan, Malen (Adeyemi, 70), Sancho (Roys, 75), Fyullkrug.
“PSV”: Benites, Teze, Boskali, Sxauten, Dest, Mauro Junior (Babadi, 86), Til (Losano, 46), Verman (Pepi, 82), Tillman, Bakayoko, de Yong.
Ogohlantirishlar: Zyule (88), Nmecha (89).
Izoh (0)