Joriy yilning 8-mart kunidan boshlab McDonald’s fastfud taomlari restoranining Yaponiyadagi filiallarida qovurilgan kartoshka hidli atirlar sotila boshlandi. Bu haqda ‘‘Korrespondent.net’’ xabar bermoqda.
![](/static/2024/03/12/mcdonalds-japan-french-fry-perfume-is-real-xUBeV_Wr.webp)
Kafening X tarmog‘i (avvalgi Twitter)dagi rasmiy sahifasida
“Biz kartoshka fri hidli atirlar ishlab chiqardik. Bayram yoki uchrashuvga borish uchun mazkur atirni albatta sepib oling”, — deya post qoldirilgan.
Atirning uch xil ifori mavjud: klassik kartoshka fri, dengiz o‘tlari va tuzli kartoshka hamda qalampir va mayonezli kartoshka. Ularning narxi qancha ekani haqida ma’lumot berilmagan.
![](/static/2024/03/12/mcdonalds-french-fries-4H5mrK1C.webp)
Atirning har bir idishi o‘ziga xos dizayn va shaklga ega bo‘lib, haqiqiy kartoshka fri qadog‘iga o‘xshash qizil va sariq rangli dizaynda tuzilgan.
Izoh (0)