O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Quanishbay Azerbayev Qoraqalpog‘iston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Qorao‘zak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda Sag‘indiq Turmanov ishlab kelayotgandi. U 2024-yilning yanvarida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Izoh (0)