La Liganing 20-turidan o‘rin olgan “Xetafe” – “Real” (0:2) uchrashuvida Jud Bellinghem Meyson Grinvudni haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ispaniya chempionati mutasaddilari bu ish bo‘yicha tekshiruvchi to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, ekspert xulosasidan so‘ng labni o‘qish vositalari “Real Madrid” futbolchisi “Xetafe” futbolchisini xunuk so‘zlar bilan ataganini aniq isbotlay olmadi.
Avvalroq OAVda Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Bellinghem 1-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya chempionatining 20-turida (2:0) hamyurti Grinvudni “zo‘rlovchi” deb atagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Real Madrid” jamoasi keyingi uchrashuvda 10-mart kuni “Selta Vigo” ga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)