Samarqand viloyatida 10 yil farzand kutgan er-xotin to‘rt nafar egizakli bo‘ldi. Bu haqda “Zo‘r TV” telekanlining “Bu kun” dasturida xabar qilindi.
![](/static/2024/03/07/photo_2024-03-07_11-07-34-pBLHms5h.jpg)
Shifokorning aytishicha chaqaloqlar to‘liq to‘qqiz oy bo‘lganda operatsiya yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Ularning birinchisi qiz, qolgan 3 nafari o‘g‘il bola. Qizaloq 1 kilo 700, ikkinchi o‘g‘il 1 kilo 500, uchinchi o‘g‘il 2 kilo 200 va to‘rtinchi o‘g‘il 2 kilo 300 gramm og‘irlikda dunyoga keldi.
Egizaklarni dunyoga keltirgan ayol 29 yoshda bo‘lib, uning umumiy ahvoli o‘rtacha.
“Yaxshi niyat qilsa, sabr qilsa, albatta, hammasiga erishsa bo‘ladi”, — deydi egizaklarning onasi. “Juda ham xursandmiz, 10 yildan beri farzandsiz yurgan edik, mana 4 nafar farzandli bo‘ldik”, — deydi chaqaloqlarning otasi.
Ayni paytda chaqaloqlarning ahvoli qoniqarli va ularga kerakli muolajalar qilinmoqda, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)