Agar AQSH samolyotlari Rossiya hududi ustidan uchib o‘tsa, ular urib tushiriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Agar Amerika samolyotlari bizning hududimiz uzra uchib o‘tsa, bizning mard harbiylarimiz bu samolyotlarni urib tushirishiga shubha qilmayman”, — dedi u.
Butunjahon yoshlar festivali doirasidagi “Dastlabki bilim” ma’rifiy marafonida Dmitriy Peskov Amerika tanklari Rossiya hududi bo‘ylab harakatlanayotgani, harbiylar ularni yo‘q qilayotgani va yo‘q qilishda davom etishini aytgandi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya unga tahdid solmaydigan davlatlarga hech qanday xavf solmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)