Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,53 so‘mga pastlab, 12 510,86 so‘m bo‘ldi. Yevro 15,67 so‘mga oshib, 13 608,06 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,58 so‘mga ko‘tarilib, 138,81 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 526,39 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)