Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Ozarbayjonning AS Group Investment kompaniyalar guruhi bosh direktori Tural Seidov rahbarligidagi ushbu kompaniya boshqaruvi vakillarini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda kompaniya tomonidan Farg‘ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga asoslangan mini GESlar tarmog‘ini yaratish, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Muloqot davomida viloyatimiz hududidagi oqar suv manbalarida mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyatlari AS Group mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishiga hamda mini GESlarning texnik parametrlarini ishlab chiqilishiga kelishib olingan.
Farg‘onaga qurilish sohasiga investitsiyalar yo‘naltirish hamda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini barpo etish bo‘yicha ham AS Group Investment kompaniyasi o‘z loyihalari ustida ish olib borishi belgilangan.
Izoh (0)