Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida ayol ijtimoiy tarmoqda eri bilan urishib, unga bolalarini qiynagani tasvirlangan videoni yubordi. Viloyat IIB holatga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 5-mart kuni Quvasoy shahrida yashovchi M.T. 102 ga murojaat qilib, unda akasining shar’iy nikoh asosida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A. o‘z farzandlarini urib, ularga ruhiy tazyiq o‘tkazib, haqorat qilganini bildirgan.
Ayol shu kuni turmush o‘rtog‘i bilan ijtimoiy tarmoq orqali urishib qolib, jahl ustida videotasvirdagi harakatlarni sodir qilgani va ushbu tasvirlarni turmush o‘rtog‘iga tashlab bergani aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh (0)