Rossiyaning dushmani bo‘lish ham, do‘sti bo‘lish ham birdek sharafli. Mamlakatning dunyo bo‘ylab do‘stlari va ittifoqchilari dushmanlariga qaraganda ko‘proq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva meri Sergey Sobyanin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. “TASS” nashri uchrashuv tafsilotlari haqida xabar bermoqda.
Sobyaninning aytishicha, dushmanlarning urinishlariga qaramay, Rossiya sezilarli yutuqlarni qayd etgan. Mamlakatning do‘stlari ko‘p ekanligi to‘g‘ri tashkil etilgan tashqi siyosat natijasidir.
Uchrashuvda, asosan, poytaxt Moskva taraqqiyoti va erishilgan natijalar muhokama qilingan. Rossiya poytaxti dunyodagi eng namunali shaharlar qatorida ekanligi taʼkidlangan.
“Biz dushmanlarimiz yaratmoqchi bo‘layotgan tahdidlar behuda emasligini tushunamiz. Biz buni doimo hisobga olishimiz kerak”, — degan Rossiya prezidenti Putin.
Izoh (0)