Eronda 2023-yilda qatl etilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshgan.
Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Javid Rahmonning so‘nggi hisobotida aytiladi.
42 sahifalik hisobotda 2023-yilda kamida 834 kishi qatl etilgani ta’kidlangan.
![](/static/2024/03/04/javed_rahman-5pylVJQ5.jpg)
Eslatib o‘tamiz, BMT Inson huquqlari kengashining 55-sessiyasi 20-fevral kuni boshlangan va 6-aprelgacha davom etadi.
Javid Rahmon huquqshunos olim bo‘lib, London Brunel universitetida islom huquqi va xalqaro huquq bo‘yicha professor sifatida faoliyat yuritadi.
Izoh (0)