O‘zbekistonda yanvar oyida qariyb 4 trillion so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanilgani ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, 2024-yilning yanvar oyida 87 673 ta tashkilot umumiy qiymati 4 trillion so‘mga yaqin miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalangan. Shu bilan birga:
- 1 512 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 1,5 trillion so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
- 2 787 ta korxona 2,3 trillion so‘m miqdorida QQS nol stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS — 1,3 trillion so‘m;
- yer solig‘i — 1,6 trillion so‘m;
- mol-mulk solig‘i — 750,9 milliard so‘m;
- ijtimoiy soliq — 173,1 milliard so‘m;
- JSHODS — 64,3 milliard so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 19,8 milliard so‘m.
- AOS — 8,4 milliard so‘m.
Qayd etilishicha, xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
Izoh (0)