• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzax viloyati hokimining 7,5 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqarildimi? Oliy sud aniqlik kiritdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hokimining 7,5 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov ozodlikka chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” bunga aniqlik kiritish maqsadida Oliy sud matbuot kotibi bilan bog‘landi. 

    Foto: Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati

    2021-yil 29-dekabr kuni Toshkent viloyat sudida Akrom Rahmonqulovga oid jinoiy ish ko‘rib chiqilgan. Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Akrom Rahmonqulov va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

    Akrom Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 184-moddasi 3-qismi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish), 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (mansab soxtakorligi), 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan.

    U 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida yaʼni, 111 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, sud hukmi bilan Akbar Rahmonqulov (“J-Quruvchi” MCHJ direktori), Alisher Rahmonqulov (“Ravon Yo‘l Invest” MCHJ, “Sogdiana pipeplast” MCHJ va “Jizzax savdo lyuks” MCHJlar direktori), Abror Rahmonqulov (“Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MCHJ direktori), Adham Rahmonqulov (“Zenatkor temir beton buyumlari” MCHJ direktori) va yana 20 dan ortiq shaxsga turli jazolar tayinlangan.

    Tarmoqlarda Akrom Rahmonqulovning ozodlikka chiqarilgani haqidagi xabarlar esa o‘z tasdig‘ini topmadi. Oliy sud Akrom Rahmonqulov hozirda Toshkent viloyatidagi manzil koloniyada jazo o‘tayotganini maʼlum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 10-yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. FVV va Bosh prokuraturaning qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar bo‘lmagan. Ma’lum qilinishicha, qulab tushgan bino yonidagi 6 qavatli inshootning ham poydevorlarida cho‘kish alomatlari kuzatilgan bo‘lib, hozirda u xavfli holatda turibdi. Halokatni o‘rganish maqsadida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshliq hukumat komissiyasi tuzilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Ma’lumot uchun, Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 2018-yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, 494 milliard so‘mlik 82 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘zining rahnamoligidagi 9 ta pudrat tashkilotiga topshirib, qurilish ishlari hajmini sun’iy ravishda oshirilgan narxlarda rasmiylashtirish, qo‘shib yozish orqali qariyb 20 milliard so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgandi. Bosh prokuratura bu hozirgacha tergovda aniqlangan ma’lumotlar ekanini aytgandi.

    Shavkat Mirziyoyev Akrom Rahmonqulovni davlat siyosatiga xiyonat qilganlikda ayblab, viloyat hokimi o‘rinbosarining butun to‘dasiga qonuniy jazo ko‘rish kerakligini ta’kidlagandi. Shundan so‘ng Akrom Rahmonqulov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga 2020-yilning noyabr oyidan buyon Qurilish vazirligi Pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Bahrom Nazarov tayinlangandi.
    29.02.2024, 17:54   Izoh (0)   19959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi 

    05.02.2024, 16:58

    Abror Muxtor Aliy ozodlikka chiqdi

    21.02.2024, 11:17

    Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqarildi 

    21.02.2024, 22:22

    Toshkentda 5,6 tonna benzinni noqonuniy sotish holatlari aniqlandi 

    29.02.2024, 17:26

    O‘zbekistonda bir oyda 4 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanildi 

    29.02.2024, 16:41

    O‘zbekistonda dollar kursi oshdi

    29.02.2024, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.