Vengriya parlamenti yangi davlat rahbari etib Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimida ishlab kelgan Tamash Shuyokni sayladi. Bu haqda “Index.hu” xabar berdi.
Shuyok nomzodini hukmron “FIDES – Vengriya fuqarolik ittifoqi” partiyasi va xristian-demokratlar koalitsiyasi ilgari surgan. Uni nomzodini yoqlab 134 nafar deputat ovoz bergan, 5 nafari qarshi chiqqan. Yangi davlat rahbari 5-mart kuni o‘z lavozimiga kirishadi.
“Huquqshunos, shuningdek, respublika prezidenti sifatida qonunning asosiy qadriyatlarini yodda tutgan holda jamiyat manfaatiga xizmat qila olaman va millat birligini ifoda eta olaman”, — dedi Tamash Shuyok.
67 yoshli Shuyok pedofiliya jinoyatiga aloqador shaxsning afv etilishi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng iste’foga chiqqan Katalin Novakning o‘rniga prezident etib saylanadi.
Izoh (0)