Toshkent shahar Yunusobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxonalar fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi, DXXning Toshkent shahar boshqarmasi va “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. Fuqarolar E.A., U.K. va boshqalar “Sharq haqiqati” MFY hududidagi 2 ta xonadonda tashkil etilgan issiqxonalarni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)