“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klubning Rivaldo va Denilsondan qarzdorligi va uni hal qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV xodimlari savollariga javob berdi.
Rivaldoning yuristlari bilan muzokara olib boryapmiz. Kelishuvga erishishga harakat qilamiz. Klubga imkon qadar zarar bo‘lmaydigan yo‘llarni ko‘rib chiqamiz. “Zeromax” rahbariyatiga ham o‘shanda vaziyat qanday bo‘lganini bilish uchun aloqaga chiqildi, — deydi “Bunyodkor” direktori Murod Aliyev.
Bundan tashqari, Chilonzor city “Bunyodkor” akademiyasining bir qismida qad rostlashi akademiya uchun xavotirli emasligi haqida savolga to‘xtalarkan, bu loyihaning hali to‘xtatib turilgani haqida aytib o‘tdi.
Qarzdorlik masalasi qanday hal qilinishi haqida Murod Aliyev quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi:
Bizning rahbarimiz— “O‘zbekneftgaz”. Bu masalani ular hal qilishadi. Keyin o‘sha paytda “Bunyodkor” bilan emas, balki “Zeromax” kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan. Bu masala ham alohida ko‘rib chiqiladi, — deydi “Bunyodkor” klubi direktori.
“Bunyodkor” klubi direktorining ma’lumot berishicha, klubning boshqa legionerlardan qarzi yo‘q.
Izoh (0)