Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019-yil dekabr oyida Parijda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi haqida gapirdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.
Matbuot anjumanida Zelenskiydan 2019-yil Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘sha paytdagi Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya prezidenti bilan yuzma-yuz uchrashuvini esga olish so‘ralgan.
“Biz turli ohanglarda uzoq suhbatlashdik. Men unga Minsk kelishuvlari ish bermasligini aytdim, chunki qo‘shinlarni to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab olib chiqish tematikasining o‘zi ishlamaydi... Men unga: qara, qancha vaqtda olib chiqib ketdik, deya ko‘rsatdim. Keyin 20 yil olib chiqishimizni aytdim, ya’ni biz 20 yil davomida muzlatilgan konflikt holatida bo‘lamiz, ya’ni urush tugamaydi, biz shu haqda gaplashdik. Bu borada uzoq bahslashdik.
Keyingi suhbat gaz, biz yutgan sud masalasida bo‘ldi, lekin ular g‘alaba qozonilgan jarayonlarga qanday munosabatda bo‘lishlarini bilasiz. Bizga pul berishga rozi bo‘lishdi, keyin biz pulni oldik.
Uchinchi savol esa almashinuv haqida edi. O‘shanda biz 100 dan ortiq odamni alishdik. To‘g‘risi, u tinimsiz o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘tardi. Ammo bu qanday ishlashini keyinroq guvohi bo‘ldik”, — deb eslaydi siyosatchi.
Shuningdek, Zelenskiy uchrashuvning barcha tafsilotlarini yaxshi eslay olmasligini aytib, chunki “bu boshqa hayotda, boshqacha bo‘lgani”ni bildirdi. Biroq prezident “bularning barchasi juda uzoq vaqt davomida sodir bo‘lgan”, deya qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)