Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,10 so‘mga pastlab, 12 480,90 so‘m bo‘ldi. Yevro 18,87 so‘mga ko‘tarilib, 13 529,30 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,78 so‘mga oshib, 134,78 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 490 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi. 23-fevral kuni dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)