• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dok-1 Maks”dan vafot etgan, ammo sud ro‘yxatida ko‘rinmagan bola masalasi ochiq qoladimi? Sudya aniqlik kiritdi

    O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilingandi. Shundan so‘ng mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqqan sudlov hay’ati raisi — sudya Muso Yusupov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Foto: “Daryo”

    Matbuot anjumanida so‘z olgan “Daryo” jurnalisti sudya Muso Yusupovga yuzlanib, “siropdan zaharlanib vafot etgan, ammo rasmiylar ro‘yxatidan tushib qolgan 69-qurbon hamda dori sabab nogiron bo‘lib qolgan yana bir bola masalasi ochiq qoladimi”, deb so‘radi. 

    Foto: “Daryo”

    Bizda hozir ko‘rib chiqilgan jinoyat ishidan tashqari jinoyat ishi ham mavjud, ya’ni aynan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov jarayonida, aynan shu tergov jarayoniga boshqa shaxslar ham ayblanuvchi sifatida jalb qilingan. Shu bilan birgalikda siz aytgan ikkita holat, undan tashqari ham fuqarolar murojaat qilmoqda. Bugungi kunda dastlabki sud jarayonini kuzatgan insonlardan yangi murojaatlar kelmoqda. Ular “bizda ham shunday holat bo‘lgan”, deb murojaat qilishmoqda. Bugun hukm o‘qildi, endi yana murojaatlar ko‘payadi. Shu sabab tergovda alohida jinoyat ishi ajratilgan, — deydi “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqqan sudya Muso Yusupov. 

    Foto: “Daryo”

    Sudyaning bildirishicha, mazkur masala yuzasidan sudga Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan murojaatlar kelib tushgan. 

    Biz ushbu murojaatlarni tergov organiga yuborganmiz. Tergov organi birinchi instansiyada sudlanayotgan shaxslarning ayrimlariga qamoq ehtiyot chorasini qo‘llagan. O‘sha holat bo‘yicha alohida jinoyat ishida tergov harakatlari davom ettirilyapti. Mazkur holatda yana jabrlanuvchilar bo‘lsa, ular eshitilib, tergov ishiga qo‘shiladi, — deydi sudya. 

    Muso Yusupovning qo‘shimcha qilishicha, yuqorida tilga olingan jabrlanuvchilar murojaati dastlabki sud jarayoniga qo‘shilganida “Dok-1 Maks” sudi yana cho‘zilar edi. 

    Muso Yusupov.
    Foto: “Daryo”
    Xabaringiz bor, “Dok-1 Maks” sudida ikki marta jinoyat ishi yangidan boshlandi. Jinoyat ishi yangidan boshlangach, yana sudning boshiga qaytib, sudlov ochilib, ayblov xulosasi o‘qib eshittiriladi. Har bitta yangi ayblov kelgach, sudga qo‘shaversak, biz sudni har safar boshidan boshlashimizga to‘g‘ri kelar edi. Bu olti oy davom etgan sudimizning yana cho‘zilishiga olib kelardi. Qo‘shimcha jinoyat ishi yaqin kunlarda sudga chiqadi, — deydi u. 

    Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” ishi yakuniga ko‘ra, hindistonlik ishlab chiqaruvchining O‘zbekistondagi rasmiy vakili S.R.P. 20 yilga, Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yilga, uning o‘rinbosarlari — Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevlar 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    26.02.2024, 23:13   Izoh (0)   10852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #dok maks#advokat#sudlanuvchi#sud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dok-1 Maks” ishi: 68 nafar marhum bola o‘limi uchun jabrlanuvchilar foydasiga 100 mln so‘mdan tovon puli undirish so‘raldi

    12.02.2024, 16:50

    “Bolalar o‘limiga siropning aloqasi yo‘q, tergov ham buni isbotlay olmadi”. “Dok-1 Maks” sudida advokatlarning muzokara so‘zi tinglanmoqda

    15.02.2024, 12:41

    “Birgina xato qanday fojialarga olib kelishini angladim” — “Dok-1 Maks” ishidagi sudlanuvchi

    19.02.2024, 14:41

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud maslahatga kirdi: sud noma’lum muddatga tanaffus e’lon qildi

    19.02.2024, 20:10

    “Dok-1 Maks” ishi sudlanuvchilardan biri kompensatsiya talab qilmoqda. U o‘ziga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb hisoblaydi

    19.02.2024, 20:23

    “OAVga rahmat, sudni to‘la-to‘kis, oydin yoritib berganingizdan minnatdorman” — “Dok-1 Maks” ishida aybdor ko‘rilayotgan Sardor Kariyev

    20.02.2024, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston nega AQSHdan paxta import qilmoqchi?

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:58

    Avstriyada jarroh 12 yoshli qiziga bemor bosh suyagini teshtirdi

    Dunyo | 14 avgust, 14:40

    Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 14:25

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    Dunyo | 14 avgust, 14:19

    O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda xalqaro aviatsiya akademiyasi tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:08

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.