• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHdagi o‘zbekistonliklar Bayden ustidan sudga murojaat qildi

    AQSHga Meksika orqali kelgan O‘zbekiston fuqarolari AQSH prezidenti Jo Bayden, Ichki xavfsizlik departamenti kotibi Alexandro Mayorkas, Immigratsiya va bojxona nazorati direktori vazifasini bajaruvchi Patrik Leykxeytner va boshqalar ustidan sudga murojaat qildi. “Daryo” ixtiyorida vatandoshlar tomonidan berilgan tegishli da’vo hujjati mavjud.

    Kollaj: “Daryo”

    Da’vogarlar 35 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ular hozirda AQSHning turli immigratsiya markazlarida (qamoqxonalarda) saqlanmoqda. Ariza beruvchilarga ko‘ra, “ayblanuvchilar” (da’vo yoki ayblov qo‘yilgan shaxslar) mamlakatda boshpana qidirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini qamoqqa olish bo‘yicha kamsituvchi siyosat, amaliyot va jarayonda faol ishtirok etmoqda.

    O‘zbekistonliklar o‘z da’volarida millatiga ko‘ra diskriminatsiya qilinganlari sababli ularni qamoqqa olish tartibini noqonuniy deb e’tirof etish, shuningdek, advokatlar uchun xarajatlarini qoplashni so‘ramoqda. Murojaatda tegishli ishni yuritayotgan advokat da’vo odamlarni hibsdan ozod qilishga qaratilganini aytadi.

    “Dam olish kunlarida biz sudga da’vo qildik va u hozirda ko‘rib chiqilmoqda. Keyingi qadamda hukumat uni qabul qilishi kerak, sud allaqachon tizimga kiritgan. Hozir bizga sudya tayinlanishini kutyapmiz, bu ertaga bo‘lishi kerak”, — deydi advokat Abadir Barre.

    Shuningdek, hujjatda o‘zbekistonliklar talabga javob bermaydigan tergov izolyatorlarida saqlanayotgani, ularga advokat bilan ko‘rishish cheklangani ta’kidlanadi.

    Hibsga olinish holatlari:

    “Daryo” manbasiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari hatto voyaga yetmaganlarni ham hibsga olgan (AQSHda balog‘at yoshi 21 yoshdan boshlanadi). 

    Bunday holatlardan biri o‘tgan yili sodir bo‘lgan. 2023-yil sentyabr oyida o‘zbekistonlik 19 yoshli ikki yigit chegarani kesib o‘tgan, shundan so‘ng ular Kaliforniyaga yo‘l olgan va u yerda taxminan uch hafta yashagan. Biroz vaqt o‘tgach, federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari ularning uyiga kelib, ularni so‘roq qilish uchun olib ketgan.

    “O‘zbekistonliklar so‘roq qilingan va hech narsa aniqlanmagan. Ammo ularni qo‘yib yuborish o‘rniga, migratsiya qamoqxonasiga jo‘natishgan. Sud jarayonida biz ular uchun garov belgilanishini so‘radik, biroq prokuror bolalar bosib o‘tgan yo‘l terrorchilarni tashishda ham qo‘llanganini aytib, bunga qarshi chiqdi. Ammo sudya aniq bir dalil so‘raganida, prokuror qo‘lida yo‘q edi. Keyin ular 14 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi”, — deydi ish bilan tanish odam.

    Sabablarini faqat taxmin qilish mumkin, deydi AQSHda 20 yildan ortiq yashab kelayotgan o‘zbekistonlik bloger O‘tkur Rahmatullayev. 

    Ammo CNN FQB terrorchilar va migrantlar o‘tgan yo‘nalishlarni tekshirishni boshlaganini ma’lum qilgandi. O‘shanda ushbu yo‘nalishda chegarani kesib o‘tgan barcha shaxslarni aniqlash ishlari boshlangan.

    “Biz (terrorchilar bilan — Daryo izohi) aloqa borligiga shubha qilamiz. Chunki qo‘lga olinganlarning barchasi aynan shu yo‘ldan foydalangan. Lekin nafaqat butun O‘zbekiston, balki butun sobiq SSSR davlatlari fuqarolari ham bu yo‘nalishdan foydalanadi. U quyidagicha: Turkiya—Ispaniya—Janubiy Amerika—AQSH. Ya’ni hamma uchun bir xil”, — deydi Rahmatullayev.

    CNN AQSHning ikki rasmiysiga tayanib yozishicha, “ular bir qator muhojirlarni ehtimoliy kriminal tahdid sifatida sinchkovlik bilan tekshirmoqda”.

    Shu bilan birga, shtatlardagi migratsiya xizmatlari hozircha 35 da’vogar va terrorchilar o‘rtasidagi aloqalar haqida hech qanday dalil keltirmagan. Da’voga ko‘ra, ba’zi hibsga olish holatlari dini bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi reydlar va hibsga olinish holatlariga izoh berishdan bosh tortdi.

    2023-yili O‘zbekiston Green Card yutuqlari bo‘yicha yetakchi 10 davlat qatoriga kirdi. DV-2024 lotereyasi natijalari 2023-yil may oyida e’lon qilingan. Shu bilan birga, 2022-yilda O‘zbekiston Green Card oluvchi davlatlar orasida uchinchi o‘rinni egallagan edi.

    24.02.2024, 17:11   Izoh (0)   45715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Texas vitse-gubernatori Baydenni migrantlarga qarshi kurashga aralashmaslikka chaqirdi

    26.01.2024, 22:35

    Texas hukumati Meksika bilan chegarani mustahkamlash uchun sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirdi

    12.02.2024, 19:21

    AQSHga San-Diego orqali 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirdi

    23.02.2024, 10:45

    Parijda fermerlar Makron ishtirokidagi ko‘rgazmaga bostirib kirdi (foto)

    24.02.2024, 16:50

    Nyu-Dehli hindistonliklarni Rossiya Qurolli kuchlari safidan muddatidan oldin bo‘shatishni so‘radi

    24.02.2024, 16:30

    Trampning firibgarlik uchun jarimasi 454 mln dollarga yetdi

    24.02.2024, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.