Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini qimmat narxda xarid qilish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
![](/static/2023/Fozilbek/photo_2024-02-19_10-01-27.jpg)
Qayd etilishicha, departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini haqiqiy bahosidan 215,1 million so‘mga qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Xorazmda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari qurilish materiallarini 571 mln so‘m qimmatga sotib olgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)