2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 6,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga tayanib Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,5 foizga oshgan.
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 ming 629 tani tashkil etgan.
Qurilish korxonalarining 7 408 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu ko‘rsatkich respublikaning 21,4 foizini tashkil etadi.
Izoh (0)