Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi metall tayyorlash sexida 20-fevral kuni vaqtinchalik qurilmaning tomi qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

“Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.
Bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, tog‘li hududlarda ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli Enter Engineering kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida voqea joyida quruvchi kompaniyaning 32 nafar ishchisi (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgani sababli shifoxonaga joylashtirilgan. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan.
Izoh (0)