O‘zbekiston Milliy banki (NBU) tadbirkorlik va kichik biznesda endigina faoliyat boshlagan tadbirkorlarning ish boshlashida osonlik yaratish maqsadida yangi “0” tarifini ishga tushirgani haqida eʼlon qildi. Ushbu tarif biznes olamida ilk qadamini tashlayotgan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
“0” tarifi tadbirkorlarga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
- Abonent to‘lovi va ulanish narxi 0 so‘mni tashkil etadi. Bu esa tadbirkorlarga NBU xizmatlaridan hech qanday dastlabki xarajatlarsiz foydalanish mumkin ekanligini anglatadi.
- NBU bo‘yicha bepul pul o‘tkazmalari.Bu bank tarmoqlari o‘rtasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi biznes uchun qulaylik yaratadi.
- O‘zbekiston bo‘ylab 50 mln so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari.. Bu tadbirkorlarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda komissiyalarni qisqartirish imkonini
Bundan tashqari, yangi tarif ish haqi uchun premial karta — Visa Gold ochish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu o‘z o‘rnida, xodimlarini yuqori sifatli moliyaviy instrumentlar bilan taʼminlashga intilayotgan bizneslar uchun qo‘shimcha afzallikdir.
Shuningdek, barcha tariflar uchun iBank ilovasiga bepul ulanish va hisob raqamini boshqarish imkoniyati mavjud.
Yangilangan “Lite”, “Pro”, “Ultra” tariflar qatori ham mijozlarga manzur keladi:
- Arzonlashtirilgan ulanish narxi
- Cheklovlarsiz va komissiyasiz NBU ichida pul o‘tkazmalari.
Tariflar va xizmatlar haqida yanada batafsil maʼlumot olish uchun 13 44 qisqa raqamiga murojaat qilish yoki nbu.uz rasmiy saytiga tashrif buyurish mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)