G20 davlatlari yig‘ilishida geosiyosiy masalalar muhokamasi qisqarishi mumkin, chunki aʼzolar ko‘plab kelishmovchiliklarga duch kelmoqda. Ukraina va G‘azodagi urush bahsning asosiy mavzularidan biridir. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Bloombergga ko‘ra, 21—22-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Janubiy Afrika va Braziliya rasmiylari Isroilning G‘azodagi urushda falastinliklar genotsidga uchrayotganini aytgan. G20 ning boshqa aʼzolari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar va Germaniya bu fikrni rad etgan.
G20 ning ayrim davlatlari uchrashuvda geosiyosiy mojarolar, jumladan, Ukrainadagi harbiy harakatlar muhokamasidan voz kechishga chaqirgan. Braziliya G20 ning qo‘shma bayonotida Isroil genotsidi bo‘yicha ularning pozitsiyasi aks etishini xohlamoqda.
2023-yil iyul oyida yig‘ilishda G20 davlatlari moliya vazirlari Ukraina masalasidagi kelishmovchiliklar tufayli yakuniy qarorga erisha olmay, Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari alohida taʼkidlangan. Oktyabrdagi yig‘ilishda kommyunike tomonlar o‘rtasida kelishib olingan edi.
Izoh (0)