Rossiyaning Sankt-Peterburg hamda Tula shahrida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Moskva shahridagi “PEK”, “Dedovskiy tekstil”, Tuladagi “Meros Grupp” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Sankt-Peterburg hamda Tulada qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Moskva—Toshkent, Sankt-Peterburg—Farg‘ona yo‘nalishlaridagi aviareyslar orqali vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya davlat pedagogika universiteti huzuridagi “O‘zbek madaniyat markazi”da adabiy kecha tashkil etildi.
Izoh (0)