• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Temir moddasiga boy 12 ta tabiiy mahsulot

    Temir organizmning me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim elementdir. U qon hujayralariga kislorodni yetkazib beradi va karbonat angidridni organizmdan chiqarib tashlaydi. Agar ratsionda temir moddasi yetarli miqdorda bo‘lmasa, organizmdagi faoliyatlarga zarar yetadi.

    Foto: Thegiftglobal

    Temir tanqisligi belgilari

    Charchoq, yurak urishida o‘zgarishlar, nafas qisilishi va diqqatni jamlashda qiyinchilik, rangparlik, uyquchanlik, ishtahaning yo‘qolishi va bosh og‘rig‘i temir tanqisligi hamda kamqonlikning dastlabki alomatlari bo‘lishi mumkin.

    Temir tanqisligida teri quruqlashadi, og‘iz burchagi va tovon yoriladi, sochlar tez to‘kiladi, tishlar mo‘rtlashadi, tirnoqlar sinishi kuzatiladi. Quruq yerga suv sepilganda chiqadigan hidlarni yoqtirish, kesak, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Organizmda temir moddasi yetishmasligi, ayniqsa, ayollar va bolalarda temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin.

    Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Quyidagi mahsulotlar temir tanqisligini to‘ldirishga yordam beradi.

    Ismaloq

    Foto: Klike

    Ismaloq past kaloriyali o‘simlikdir. Bu mahsulotning atigi 100 gr tarkibida 2,7 mg temir mavjud, bu kunlik tavsiya etilgan temirning 15 foizini tashkil qiladi. Ismaloq tarkibidagi C vitamini organizmda temir yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi.

    Baliq

    Foto: 1Zoom.net

    Ko‘pgina baliq turlari temirga boy. Misol uchun, 85 gramm konservalangan tunets balig‘i taxminan 1,4 mg temirni o'z ichiga oladi, bu tavsiya etilgan kunlik temirning 8 foizini tashkil qiladi. Baliq tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari ham mavjud. Ular immunitet tizimini mustahkamlaydi, miya, yurak va qon tomirlarining normal ishlashini ta’minlaydi.

    Qovoq urug‘i

    Foto: Wannaplus

    30 gr qovoq urug‘ining tarkibida 2,5 mg temir (14 foiz) mavjud. Ushbu mahsulot rux, magniy, marganets va kaliyning tabiiy manbaidir. Qovoq urug‘ini iste’mol qilish diabet xavfini kamaytiradi.

    Kurka

    Foto: Thevoicemag

    Kurka go‘shti sog‘lom parhez mahsulot bo‘lib, 100 gr kurka tarkibida 1,4 mg temir (kunlik qiymatning 8 foizi) mavjud. U oqsil, rux va selen kabi minerallar va B guruhi vitaminlariga boy.

    Qora shokolad

    Foto: mykaleidoscope

    28 gr tabiiy qora shokoladning tarkibida 3,4 mg temir mavjud, bu tavsiya etilgan kunlik qiymatning 19 foizini tashkil qiladi. Ushbu shirinlik metabolizmga foydali ta’sir ko‘rsatadigan mis, magniy va kletchatkalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kakao kukuni va qora shokolad antioksidant xususiyatga ega. U qondagi xolesterin darajasini va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi isbotlangan.

    Dukkakli o‘simliklar

    Foto: Puzzlegarage

    Loviya, no‘xat, mosh, yasmiq kabi dukkaklilar temir moddasiga boydir. Misol uchun, 200 gr pishirilgan yasmiq tarkibida 6,6 mg temir mavjud, bu tavsiya etilgan kunlik qiymatning rekord darajadagi 37 foizini tashkil qiladi. 100 gr loviya kunlik temirning 10 foizini o‘z ichiga oladi. Temir moddasi yaxshi so‘rilishi uchun dukkaklilarni C vitamini bilan birga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

    Mollyuskalar

    Foto: Fishki.net

    Barchaga ma’lumki, dengiz mahsulotlari temir va boshqa ko‘plab foydali moddalarga boydir. Ular orasida ustritsa va midiyalar temir manbai sanaldi. Ushbu mollyuskalardagi temir ikki valentli bo‘lgani sababli organizmda yaxshi so‘rilishi aniqlangan.

    Tofu

    Foto: Koketta

    Tofu parhez mahsuloti hisoblanadi. U pishloq, aniqrog‘i, tvorog bo‘lib, faqat o‘simlikdan olingan mahsulotdir. Yarim stakan tofuda 3,4 mg temir mavjud. Uning tarkibida kalsiy, magniy, selen, tiamin va izoflavon deb ataladigan noyob birikma ham mavjud. U yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va menopauza belgilarini yengillashtiradi.

    Qizil go‘sht

    Foto: Thevoicemag

    Qizil go‘sht anemiyadan aziyat chekadigan odamlar uchun ikki valentli temirning eng boy manbaidir. 100 gr qizil go‘shtda 2,7 mg temir mavjud. Bu kunlik qiymatning 15 foizi. Mahsulot rux va B guruhi vitaminlariga ham ega.

    Brokkoli

    Foto: Thevoicemag

    Taxminan 150 gr brokkoli tarkibida 1 mg temir mavjud. U foliy kislotasi, kaliy va kletchatkaga boy.

    Jigar

    Foto: Dzen

    Jigar xalq tabobatida ham anemiyaga qarshi keng qo‘llanadi. 100 gr jigarda 6,5 ​​mg temir mavjud. Bu ko‘rsatkich kunlik me’yorning 35 foizidir. Jigarda oqsil, mis, A va B vitaminlari mavjud.

    Kinoa

    Foto: Dzen

    Kinoa o‘simligi donli ekinlar sirasiga mansub. Taxminan 200 gr kinoa tarkibida 2,8 mg temir, oqsil, foliy kislotasi, magniy, marganets, mis va boshqa foydali moddalar mavjud.

    19.02.2024, 19:05   Izoh (0)   65719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anemiya, shishlar va kuchli ogʻriq: buyrak muammolarini koʻrsatadigan 6 ta xavfli alomat

    07.02.2023, 13:46

    Anemiyani bartaraf etishga yordam beradigan 9 ta oziq-ovqat mahsuloti

    14.03.2023, 16:27

    Baliq yog‘ining organizm uchun 5 ta foydali xususiyati

    30.01.2024, 16:10

    Choyni meʼyoridan ko‘p ichish bosh og‘rig‘i va anemiyaga sabab bo‘lishini bilarmidingiz?

    05.02.2024, 17:41

    Alsgeymerning oldini oladi va xolesterin miqdorini kamaytiradi: Qora shokoladning organizmga foydali xususiyatlari

    06.02.2024, 13:50

    Ayollar uchun eng zararli mahsulotlar: shifokor endokrinolog tavsiyasi

    13.02.2024, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.