Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
“Latsio” xavbeki Matteo Genduzi “Bavariya”ga qarshi bahsda (1:0) 12 km masofa bosib o‘tgan, uzatmalar aniqligi 84%.
“Real” yarim himoyachisi Braim Dias “Leypsig”ga qarshi bahsda (1:0) hal qiluvchi golni urdi.
“Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuyne “Kopengagen”ga qarshi o‘yinda gol+assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real Sosyedad” bilan bahsda (2:0) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Sovrin uchun ushbu futbolchilar kurash olib boradi.
Izoh (0)