Amerikaning Disney kompaniyasi Epic Games kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi ulushini 1,5 milliard dollarga sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Biz nafaqat jahon standartlariga muvofiq Fortnite o‘yinlarini aholiga taqdim etamiz, balki foydalanuvchilar uchun qiziqarli kontent, qahramon va sujetlarni boshqarish yoki ularni shunchaki tomosha qilish, xarid qilish va o‘zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratamiz, — deyiladi press-relizda.
Disney bosh direktori Robert Aygerning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha Disneyning “o‘yinlar olamiga tashlagan eng katta qadami” bo‘ladi.
“Endi biz Disney va Fortnite’ni birlashtiradigan barqaror va ochiq ekotizim yaratib, mutlaqo yangi narsa ustida hamjihatlikda ishlamoqdamiz”,— deydi Epic Games bosh direktori Tim Suini.
Izoh (0)