Qozog‘istonda Parlamentning ijtimoiy-madaniy rivojlanish qo‘mitasi raisi Asxat Ayamagambetov bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi berishni taklif qildi. Bu haqda “Arbat.media” xabar berdi.
Qonun loyihalariga o‘zgartishlar kiritish orqali deputatlar kaltaklash va sog‘likka yengil jarohat yetkazishni jinoyat deb hisoblash kabi normalarni kiritilmoqda.
“Hozirda voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini ma’muriy kodeksdan jinoyat kodeksiga o‘tkazyapmiz. Keyingi tuzatishlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosiga taalluqlidir”, — dedi Aymagambetov Senat yalpi majlisida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarda oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazoni kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, o‘zgartirishlar sudga agressorlar uchun psixologik yordam joriy etish, suitsidga yoki o‘z joniga qasd qilishga undagan tashviqotlar uchun jinoiy javobgarlikni joriy etishdan iborat.
Qozog‘istonda hozirda pedofillar qanday jazolanadi?
15 yildan 20 yilgacha ular afv etish yoki shartli ravishda ozod qilish huquqisiz qattiq rejimdagi qamoqxonada jazo o‘taydi. Bundan tashqari, ularga kimyoviy kastratsiya tayinlanishi mumkin.
Izoh (0)