Karim Benzema “Al-Ittihod”dagi vaziyatdan charchagan va jamoani tark etishni xohlamoqda.
36 yoshli hujumchi transfer oynasi yakuniga qadar Yevropaga ketishga ulgurmaydi va Saudiyaning boshqa jamoalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Benzemaga APLdan, jumladan, “Manchester Yunayted”dan taklif bor edi.
Xabarlarga ko‘ra, Benzema Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “An-Nassr”ga o‘tishni istamoqda. Fransuz Ar-Riyod klubiga ijara asosida o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karim joriy mavsum “Al-Ittihod” safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)