Braziliyaning Minas-Jerays shtatida samolyot qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CGTN xabar berdi.
Bir dvigatelli samolyot mahalliy vaqt bilan 13:30 atrofida Itabira shahrida qishloq hududida qulab tushgan. Minas-Jerays o‘t o‘chirish xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, halokat joyida samolyot bortida bo‘lgan yetti nafar yo‘lovchining jasadi topilgan.
Hodisa joyida fuqarolik politsiyasining davlat ekspertlari, shuningdek, aviahalokatni tekshirish va oldini olish markazi xodimlari ishlamoqda. Halokat sabablari haqida tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
“Aviatexnika havoda uchta katta bo‘lakka bo‘linib ketdi. Fyuzelyaj qulagan joyda biz dastlab to‘rt jasadni topdik. Shundan so‘ng fyuzelyaj qismi ag‘darilganda, yana uch kishining jasadini aniqladik”, — deya izoh berdi qutqaruvchilardan biri.
Izoh (0)