O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning harbiy unvoni bir pog‘onaga ko‘tarildi.
Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Katta leytenant Bektemir Meliqo‘ziyevga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining buyrug‘iga binoan “Kapitan” harbiy unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 2023-yilning oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o‘tkazib, 4-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)