Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
![](/static/2024/01/24/g 1-SXzyeRjf.jpg)
Davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti 24-yanvar kuni Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
![](/static/2024/01/24/g 3-64_UTjTM.jpg)
![](/static/2024/01/24/g 2-3fxBlrmt.jpg)
![](/static/2024/01/24/g 5-h751w5i9.jpg)
![](/static/2024/01/24/g 4-zp25iCoi.jpg)
Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi. 1949-yil 1-oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.
Izoh (0)