24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladi.


Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul boshlig‘i prezidentga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.


Izoh (0)