Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining qanday tarbiyalangani haqida gapirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Oilamga kelsak, qanday ulg‘ayganim... G‘alati bo‘lmasin, ular menga hech qanday maslahat va ko‘rsatma berishmagan. Ammo, Makarenko aytganidek, eng yaxshi taʼlim shaxsiy namunadir”, — dedi Kreml rahbari.
Putin otasi unga o‘rnak bo‘lganini, mas’uliyat hissini uyg‘otganini va hech qachon uning oldida yomon odatlarni ko‘rsatmaganini aytdi.
“Birinchidan, shuni ta’kidlamoqchimanki, hech qachon otamning mastligini ko‘rmaganman. Umuman olganda, bunday bo‘lmagan. Men onam haqida gapirmayapman. Undan biron marta ham so‘kish eshitmaganman, umuman”, — esladi u.
Bundan tashqari, Putin otasining kundalik masalalarga “mas’uliyat bilan yondashgani”, ertalab soat 6 da ishga ketgani va hamma narsani o‘z vaqtida bajarganini aytdi.
“Yaxshilik, sevgi, bir-birimizga mehribon munosabat, qo‘llab-quvvatlash — barchasi biz yashayotgan, hech bo‘lmaganda men yashagan muhit. Aynan shu narsa tarbiyalaydi, kelajakdagi to‘laqonli shaxsning ma’naviy poydevorini qo‘yadi”, — deya xulosa qildi u.
Izoh (0)