“Germaniya uchun muqobil yo‘l” o‘ta o‘ngchi partiyasi yetakchisi Elis Vaydel Breksitni mamlakat uchun namuna deb atadi va agar u hokimiyatga kelsa, Yevropa Ittifoqidan (YI) chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkinligini qayd etdi.
Bu haqda u The Financial Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Elis Vaydel Yevropa Ittifoqining qator institutlarida, xususan, Yevrokomissiyada islohotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
“Ammo agar islohot qilishning iloji bo‘lmasa, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar suverenitetini tiklay olmasak, Buyuk Britaniya kabi xalq qaror qabul qilishiga imkon berishimiz kerak”, — dedi siyosatchi.
Nashr taʼkidlaganidek, bu partiya 2013-yilda tashkil etilganidan beri YI vakolatlarini cheklash tarafdori bo‘lib kelgan. Biroq ittifoqdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazish Germaniya qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ancha murakkab kechishi mumkin. Bundan tashqari, partiyaning o‘zida ham bu qarorga qanday munosabat bo‘lishi hali aniq emas.
Izoh (0)