• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Prokuror bo‘lolmagan, 10 yoshida otadan yetim qolgan va dadasining dushmanlari haqida gapirishni istamaydigan Qilichbek Madaliyev 34 yoshda (foto, video)

    Marhum ijodkor Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek otasining izidan borib, sanʼat yo‘lini tanladi. Ozmi-ko‘pmi mashhurlikka erishib, o‘z muxlislarini topdi. Xo‘sh, 34 yoshni qarshilagan xonanda faoliyatini qanday boshladi, agar otasi sanʼatkor bo‘lmaganida u xonanda bo‘la olarmidi?

    “Tortinchoq yigit bo‘lganman”

    Qilichbek Madaliyev 1990-yilning 17-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida dunyoga kelgan. U oilada ikki qizdan keyin dunyoga kelgan o‘g‘il farzand bo‘lgan.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Onamning aytishicha, dadam rahmatli “Tezroq o‘g‘lim ulg‘aysa, uni to‘ylarga olib borsam”, deb ko‘p gapirgan ekan. Men ham 3-4 marta o‘zi bilan to‘yga olib borganini eslayman. Ammo bolalikdan nihoyatda tortinchoq yigit bo‘lganim uchun odamlar bilan til topishib ketolmasdim. To‘ylarda zerikib, bir burchakda o‘tiraverardim. Shu bois “Yo‘q, men to‘yga bormayman”, deganman.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    Bolaligim juda oddiy o‘tgan. Ko‘pchilik sanʼatkorlar maktab tadbirlarida faol bo‘lgani, qo‘shiqlar aytib tanlovlarda ishtirok etganini so‘zlab beradi. Men umuman boshqacha bola edim. 7-sinfga qadar birorta maktab tadbirida ishtirok etmaganman, hatto sheʼr yodlashni ham istamasdim. Darslarda ustozlar majburan old qatorga o‘tkazmasa, orqa qatorda o‘tirib, faqat darsni tinglardim xolos. Sho‘xliklar, bolalarcha o‘yinqaroqliklar umuman bo‘lmagan, — deydi Qilichbek Madaliyev.

    “Dadam olamdan o‘tganida 10 yoshda edim”

    Xonanda sanʼatkor emas, prokuror bo‘lishni istagani haqida gapirdi.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Tortinchoq yigit bo‘lsam ham maktabda juda mashhur edim. Odamlar qo‘li bilan ko‘rsatib “Ana, Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li. Dadasiga rosa o‘xsharkan”, deb pichirlab gapirganini eshitib qolardim. Ammo o‘sha paytda biror insonga dadamning nomini aytib maqtanganimni eslolmayman.

    Ustozlar qaysi kasbni tanlash haqida so‘rasa, prokuror bo‘laman derdim. Ammo bu kasbning nima ish bilan shug‘ullanishini bilmasdim. Dadam rahmatli sanʼatkor bo‘lishimni orzu qilardi. Dadam olamdan o‘tgan payt bor-yo‘g‘i 10 yoshda edim. 13-14 yoshlarga borib ichimda qandaydir olov lovullagandek bo‘ldi va o‘z-o‘zidan sanʼatga qiziqib qoldim, — deydi xonanda.

    “Odamlar dadam uchun pul qistirishdi”

    Xonanda ilk marta to‘yga chiqqani va qo‘shig‘i uchun emas, dadasining hurmati uchun unga juda ko‘p pul qistirgani haqida esladi.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Dadamni juda kam ko‘rardim. Dadam uyga kelganida biz uxlab qolardik, ertalab esa u dam olayotgan bo‘lardi. Baʼzida haftalab dadamni ko‘rolmasdik. Ammo dadamning juda yaxshi odati bor edi. “Men bolalarimni sog‘indim”, deb kechasi bo‘lsa-da, yonimizga kirib yuz-ko‘zlarimizdan o‘parkan.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    Dadam vafot etganidan keyin ancha vaqt o‘tib, hamkasblaridan biri o‘zi bilan to‘yga olib boradigan bo‘ldi. U paytda dadamning qo‘shiqlarini kuylardim. Boshlovchi tanishtirganidan keyin odamlar ko‘zida yosh bilan qarshiladi va juda ko‘p pul qistirdi. Yosh bolaman, o‘zimni qanday tutishni ham bilmasdim. Pullarning barini onamga berganimda “Mening o‘g‘lim ham pul topadigan yigit bo‘libdi”, deb rosa yig‘lagandi, — deydi xonanda.

    “Dadamning dushmanlari haqida gapirishni istamayman”

    Qilichbek Madaliyev “Oxunjon Madaliyevning sirli o‘limi va unga zahar berishgani” haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Bu gaplar mutlaqo asossiz. Dadamning do‘stlari juda ko‘p bo‘lgan. Dushmanlari haqida gapirib o‘tirishni istamayman. To‘g‘ri u paytda juda yosh bo‘lganman, ammo bilganim dadamning yuragi xuruj qilgan. O‘limiga suiqasd va zaharlash aloqador emas. Yaratganning belgilab bergan umri bor, agar shunday bo‘lgan taqdirda ham peshonada o‘lim bo‘lmasa, odam tirik qoladi, — deydi Qilichbek Madaliyev.

    “15 yoshimda katta sahnaga chiqqanman”

    Xonanda ilk bor 2005-yil sahnaga chiqqani va “Dadamning muxlislari” nomli qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Dadamning qo‘shiqlarini ijro etib, to‘ylarga chiqib yurgan paytlarim edi. Bir kuni dadamning do‘stlaridan biri shoir Mirzo Karim bilan suhbatlashib qoldik. “Dadamning muxlislari yaxshi kutib oldi, duo qildi”, deb to‘lib-toshib gapirib berayotganimda “Xuddi shu haqida qo‘shiq ayting”, deb tavsiya qildi. Qo‘shiqning mavzusi oddiy suhbat jarayonida paydo bo‘ldi. O‘sha yili Muhabbat Hamroyeva rejissor Zokir Qayumov bilan “Unutmoq osonmas” nomli konsert dasturini o‘tkazadigan bo‘ldi va meni ham taklif qildi. 2005-yil ilk bor katta sahnaga chiqqanman. O‘shanda bor-yo‘g‘i 15 yoshda edim. Ishonasizmi, odamlar shu qadar ko‘p guldastalar berganki, haligacha buncha ko‘p gulni olmaganman. Dadamning muxlislari yig‘lagan, ammo yosh bo‘lganim uchun buning zavqini u qadar anglab yetmaganman, — deydi Qilichbek Madaliyev.

    “Sardor Mamadaliyevdan ranjiganman”

    Qilichbek otasining qo‘shiqlarini ijro etgani uchun xonanda Sardor Mamadaliyevdan ranjigani va u bilan jiddiy nizoga ham borgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    — Albatta, ranjiganman. Sababi u qo‘shiqni buzib ijro etgan. Muxlislarning ham dili og‘rigan. Shu bois Sardor Mamadaliyev bilan bu tarzda qo‘shiqni buzib aytmaslik bo‘yicha kelishib olganmiz. Hatto, ustozlar qo‘shiqlarini buzib aytadigan xonandalarga bag‘ishlab Mirzo Karim so‘zi asosida qo‘shiq ham yaratgandim, — deydi xonanda Qilichbek Madaliyev.

    Shaxsiy hayoti haqida gapirishni istamaydi

    Foto: Qilichbek Madaliyev shaxsiy arxividan

    Oxunjon Madaliyevning ikki qiz va ikki o‘g‘il farzandlari bor. Ayni kunda ularning barchasi oilali, bu yil kenja o‘g‘li ham uylandi. Qilichbek Madaliyev oilasi va shaxsiy hayoti haqida gapirishni unchalik istamaydi. Faqatgina 2015-yil oila qurgani va ikki farzandning otasi ekanligini ommaga oshkor qilgan xolos.

    19.01.2024, 15:40   Izoh (0)   27355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Narkotikdan o‘ldi, suiqasd bo‘lgan deyishadi, ammo…”. Oxunjon Madaliyevning sirli o‘limiga nima sabab bo‘lgan? (video)

    20.06.2021, 16:52

    “Oxunjon Madaliyevning unvoni almashib qolgan edi”. Qilichbek Tojiyev shogirdining almashib qolgan unvoni haqida (video)

    27.06.2021, 16:59

    “Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishadi”. Xonanda Rahmatillo Yusupov va uning qo‘shiqlari ustozining qo‘shiqlari sifatida e’tirof etilishi haqida (video)

    16.11.2021, 09:48

    Bir-biri bilan yoshligidan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.01.2024, 14:50

    Bor-yo‘g‘i uch zararli odatdan voz kechish jigar salomatligini sezilarli darajada yaxshilaydi

    19.01.2024, 13:40

    Rigadagi kafeda pianino chalgan kuryer mashhurlikka erishdi. U o‘zbekistonlik professional san’atkor bo‘lib chiqdi (video)

    19.01.2024, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.