• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bezorilar sabab akasidan ayrilgan, xotirasini yo‘qotgan, yetti qiz va uch o‘g‘ilning otasi — Valijon Shamshiyev 49 yoshda (foto, video)

    Yigit kishiga 40 hunar oz, degan gapni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aftidan, bu gapga Valijon Shamshiyev amal qilishga odatlangan. Boisi u shu kungacha qiziqchilikdan tashqari, aktyor, rejissor, shoir, sportchi, fermer, tadbirkor va hatto prodyuser sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan. Eng qizig‘i, hech bir urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchramagan.

    “Akamning murdasini olib kelishgan”

    Valijon Shamshiyev 1975-yilning 16-yanvar kuni chilangar usta xonadonida dunyoga kelgan. U onasi farrosh bo‘lgani va to‘rt yoshga to‘lganida oilasi boshiga og‘ir musibat tushganini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — Oilada olti o‘g‘il farzand bo‘lganmiz. Anvar ismli to‘ng‘ich akam bor edi. Nihoyatda mehribon, aʼlochi o‘quvchi edi. Meni yelkasiga o‘tqazib, terlab-pishib ketsa-da, meni aylantirib yurardi. Xullas, u bezori bolalar bilan tortishib qolgan, ularning akamda qasdi bormikan, bilmadim. Ota uyimiz yonida katta Farg‘ona kanali oqib o‘tardi. Akam suzishni yaxshi bilardi, ammo bezori yigitlar akamni avvaliga kanalning sayoz yerida cho‘ktirmoqchi bo‘lishgan. Ularni qishloq odamlari ko‘rib, dakki berishganidan keyin akamni qo‘yib yuborishgan. Keyin tez oqadigan janubiy Farg‘ona kanaliga olib borib, “Mana shu yerdan o‘tib berasan”, deb kichik temirning ustidan yurishga majburlashgan. Akam o‘sha yerdan o‘tayotganda kanalda oqib ketgan ekan. Ammo qishloq bolalari hech kimni chaqirmay, qo‘rqqanlaridan uylariga borib, yashirinib olishgan ekan.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    Hech narsadan xabari yo‘q dadam ishdan qaytib, akamni so‘ragan. Onam ukamni ovqatlantirib o‘tirgan ekan, ikkisi ham akamni izlab topisholmagan. Anvar akamning kanalda oqib ketganini eshitgach, otam tildan qolgan va yetti kungacha suvdan chiqmay izlagan ekan. Shu vaqt ichida hech kim bilan gaplashmagan ekan. Akamning murdasini Quvasoy tomonlardan topib kelishganidan keyin “Xudoga shukr, bolamning o‘ligini yerga qo‘yaman”, deb yana gapirishni boshlagan ekan. Bu voqealar sodir bo‘lganida men bor-yo‘g‘i to‘rt yoshda edim. Ammo ota-onam hamisha farzandlarining yodi bilan yashashdi, — deydi Valijon Shamshiyev.

    “Ozodbek Nazarbekov bilan niyat qilgandik”

    Qiziqchi sanʼatga qiziqqani va Ozodbek Nazarbekov bilan poyezd vagonida qilgan niyatini so‘zlab berdi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — Sanʼatga bolalikdan qiziqqanman. Sanʼatga qiziqishim ham bejiz emasdi. Akamning vafotidan so‘ng dadam farzandlarining bariga suzishni o‘rgatdi, sport bilan shug‘ullanishimizga sharoit yaratib berardi. Hamma narsa niyatga bog‘liq ekan. Andijondan Ozodbek Nazarbekov bilan poyezdda kelayotganimizda “Men Muhriddin Holiqovga shogirdlikka tushaman”, dedi. “Men ham zo‘r inson bo‘laman, uni o‘z akamdek yaxshi ko‘raman”, dedi. Va ertasi kuni Muhriddin Holiqov bilan Mirzabek Xolmedov qaysidir ko‘rsatuvda birga chiqishdi. Ularni ko‘rib, ko‘nglimdan nimadir o‘tdi. Ammo bu haqda hech kimga aytmadim, — deydi Valijon Shamshiyev.

    “Mirzabek Xolmedov bilan to‘yda tanishganmiz”

    Valijon Shamshiyev ustozi bilan ilk marta to‘yda uchrashib qolganini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — To‘ylarga chiqishni ancha erta boshlaganman. Toshkentga kelganda yaxshigina tajribam bor edi. 1993-yili to‘yda xizmat qilib tursam Mirzabek Xolmedov kelganini aytishdi. Ustoz sanʼatkor Soyib Xo‘jayevning ovozlarini taqlid qilib turgan joyim edi. U paytlari sanʼatkorlarning pulini chaqqonlik bilan olib qo‘yish urfda edi. Mahallaning olg‘ir yigitlari sanʼatkor kelin-kuyov qistirmoqchi bo‘lgan pulni olguniga qadar darrov egalik qilishardi. Simli mikrofonlar chaqqon harakat qilishga to‘sqinlik qilardi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    Mirzabek ustozga pul qistirishganida “Soyib aka, mikrofonni ushlab turing, nasibamni olib kelay”, deganlar va qaytganda o‘sha paytdagi eng yirik kupyura puldan menga berib, “bunisi sizning ulushingiz”, deganlar. Pulni olib, “O‘h-ho‘, bunga qaytim berishim kerak”, deb cho‘ntaklarimni izlaganman, ammo mayda pul topolmay, “Uzr, o‘zi pulingiz mayda ekan, ko‘zimga yirik ko‘rinibdi”, deb vaziyatdan chiqqanman. Odamlar maza qilib kulishgan. O‘shanda Mirzabek aka telefon raqamini berib, bog‘lanishimni tayinlagandi. Ammo bir necha marta uyiga qo‘ng‘iroq qilib gaplasholmaganman. Undan keyin televideniyeda ko‘rishib qoldik, ammo bemalol gaplashishga imkon bo‘lmadi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    Institutda darsda o‘tirsam meni tashqarida mashinada bir kishi chaqirayotganini aytishdi. Keyin bilsam, Mirzabek aka jamoasiga isteʼdodli yigitlarni izlagan ekan va institutdan meni tavsiya qilishgan ekan. Xullas, taqdir ekan, bu insonlar bilan ishlash nasib qildi, — deydi Valijon Shamshiyev.

    “Men AQSHga ketmoqchi edim”

    Valijon Shamshiyev Mirzabek Xolmedov sabab AQSHga ketish fikridan qaytgani va teatrdagi hamkasblari undan ranjigani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — To‘ylarga chiqqanim bilan, topishim haminqadar edi. O‘qirdim, ijara uyda yashardim. Xullas, o‘qishdan keyin Yosh tomoshabinlar teatrida yarim stavka asosida ishga qabul qilingandim. O‘shanda bitta spektaklda bosh rolni ijro etib, uni endi repertuarga joylagan paytlarimiz edi. Buning ustiga rus jurnallarining birida “Filmda Jeki Chan bilan birga suratga tushishni istaysizmi?” degan eʼlon chiqarilgandi. Bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rib, ingliz tilini o‘rgandim. Hatto chet el bilan ishlaydigan qo‘shma korxonaga ishga kirib, ularning yordami bilan xorijga ketishni reja qilgandim. Mirzabek Xolmedovning taklifidan keyin o‘ylanib qolganman. Ho‘p desam, bir vaqtning o‘zida ikkita ishimdan bo‘shashim kerak, keyin Mirzabek akaning jamoasida ishlolmasam nima qilaman, deganman. Oxiri tavakkal qilib, qiziqchilar jamoasiga qo‘shilganman, — deydi Valijon Shamshiyev.

    “To‘ylarda musht ham yeganman”

    Qiziqchi Valijon Shamshiyev ijodni endi boshlagan vaqtda to‘ydagi mushtlashuvlar haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — U paytlari mushtumzo‘rlar, ko‘cha bezorilari ko‘p edi. Chunki qonun ishlamasdi, odamlar birovning haqqidan qo‘rqmasdi. To‘ylarda bir-ikki bezori ichib, sanʼatkorga tashlanardi. Yo‘q, menda bunday vaziyatlar bo‘lmagan, deyolmayman. Ko‘p marta janjalli vaziyatlarga uchraganman, kaltak ham yeganman. Ammo sport ustasi ekanligim hamisha qo‘l kelardi. Ustozim aytganidek, xira pashshadek o‘ralashayotgan odamning yonidan sekingina qochardim, — deydi Valijon Shamshiyev.

    “Xotira yo‘qolishining azobi”

    Qiziqchi Valijon Shamshiyev xotirasini bir necha kun yo‘qotgani va koma holatiga tushganidan xabaringiz bormi? Valijon Shamshiyev “O‘g‘lon” filmini suratga olish jarayonida bir necha metr balandlikdan sakrayotganda boshi bilan yerga tushgan. Bu ijodkorga juda qimmatga tushib, avval Buxoroda, undan so‘ng Toshkentda davolangan.

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — Ko‘zimni ochib, kim ekanligimni eslolmaganman, uch oyda sekin-asta xotiram tiklangan, — deydi Valijon Shamshiyev.

    Valijon Shamshiyev ham bog‘bon

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    — Dehqonchilik bilan shug‘ullanayotganimga ancha yil bo‘lgan. Ilgari 60 gektar yer maydonim bor edi, shundan 7 gektariga bog‘ tashkil qilgandik. Ammo bu sohaning ham qiyinchiligi bor, shu bois uni topshirvorishimizga to‘g‘ri keldi. Hozir faqatgina Oltiariqda 40 sotixlik bog‘im bor. U yerda asosan o‘rik va shaftoli yetishtiriladi. Toshkentdagi uyim atrofiga esa uzum va shaftoli ekkanmiz. Uyim atrofidagi bog‘ga o‘zim qarayman, katta bog‘ning esa o‘z bog‘bonlari bor, — deydi qiziqchi Valijon Shamshiyev.

    10 ta farzandi bor ota

    Foto: Valijon Shamshiyevning shaxsiy arxividan

    Valijon Shamshiyev o‘zbek sanʼatidagi eng serfarzand otalardan biri hisoblanadi. Hozircha uning 10 nafar farzandi bor. U yettita qiz va uch o‘g‘ilni tarbiyalamoqda. U O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning kuyovi ham hisoblanadi. Ularning 4 ta farzandlari bor.

    18.01.2024, 17:38   Izoh (0)   66141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    Uch yoshida otasidan yetim qolgan, “morg”da ishlagan va onasi vafot etgan kuni sahnaga chiqishga majbur bo‘lgan Shukurullo Isroilov 54 yoshda (foto, video)

    16.01.2024, 11:42

    Onasi saratondan vafot etgan, grek qiz bilan nikohidan baxt topgan, “Vatan”dagi Qurbon roli uchun kurashgan aktyor Bobur Yo‘ldoshev 45 yoshda (foto, video)

    17.01.2024, 13:20

    Instagram: Xotinidan qo‘rqadigan Muhammadiso Abdulxairov, tug‘uruqxonadan chiqqan Yulduz Turdiyeva, “Qurilish Usmon”da rol o‘ynagan Javohir Zokirov  

    17.01.2024, 22:15

    Instagram: Dubaydan yangi uy olgan Shahzoda Muhammedova, BMW xarid qilgan Luiza Rasulova, Ozoda Nursaidovaning singlisiga syurprizi

    15.01.2024, 22:15

    Ikki yoshida ilk rolini ijro etgan, joniga qasd qilishga uringan va salomatligida muammo sabab og‘ir vazn olgan aktrisa Anjela Yesimbetova 38 yoshda (foto, video)

    15.01.2024, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.