Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Jasimov 1957-yil 24-martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1986—2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.
1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020-yilda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan, 2023-yilda bosh prokuror buyrug‘iga asosan “Fidoyi murabbiy” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
U 2017-yildan buyon savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh (0)