Chilida o‘rmon yong‘inlari bilan kurashayotgan samolyot katta yo‘lga qulab tushdi. Uchuvchi halok bo‘ldi, yerdagi to‘rt kishi yaralandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil motorli samolyot elektr uzatish liniyalariga urilib, keyin Talka shahri yaqinidagi shossega qulagan, deb yozadi Chilidagi BioBio nashri. Samolyot qulash asnosida ikkita mashinaga zarar yetkazgan.
Magistral yo‘lning avtohalokat sodir bo‘lgan qismida transport harakati to‘sib qo‘yildi. Chili fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Milliy o‘rmon xo‘jaligi korporatsiyasi ma’lum qilishicha, halokatga uchragan samolyot Talka shahridagi o‘rmon yong‘inlari bilan kurashayotgan edi.
Izoh (0)