Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, prezidentning tegishli farmoniga asosan, adliya katta maslahatchisi Soxibnazarov Shamsiddin Sharafidinovich bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izoh (0)