Yaponiya osmonida “olovli shar” paydo bo‘ldi, u uchib o‘tganidan keyin guvohlar portlash ovozini eshitdi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.
Obyektni osmonda bir necha soniya davomida ko‘rishgan. Kanagava prefekturasidagi Xiratsuka shahar muzeyining astronomiya bo‘yicha mutaxassisi Daichi Fujining so‘zlariga ko‘ra, “olovli shar” Kanagava ustidan Nagano prefekturasi tomonga uchgan.
Shar mahalliy vaqt bilan taxminan 6:55 da uchib o‘tdi, deb yozadi Asahi. Obyektning quyosh chiqqandan keyin paydo bo‘lishi va baland tovushlar chiqarishi uning meteorit bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, dedi Fuji.
2023-yilning kuzida Turkiyaning mamlakat janubi-sharqidagi beshta viloyat: Diyorbakir, Malatya, Erzurum, Elazig va Gaziantep aholisi meteorit tushishiga guvoh bo‘lgandi.
Izoh (0)