Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga qarshi intizomiy ish ochdi.
Bu haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.
“OFK Suriyaga qarshi kechgan o‘yinda Osiyo Kubogiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan reklama kompaniyasi aks etgan liboslarda tribunalarda o‘tirgan O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari sababli O‘FAga qarshi intizomiy ish ochdi. Aslida hayratlanarli joyi yo‘q. O‘zbekistonda doim o‘zganing intellektual huquqiga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lishadi.
Beparvolik va oson pul topish xohishi O‘FAning jarimaga tortilishiga olib kelishi mumkin”, — deb yozdi Nikimbayev.
Izoh (0)