Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi finalida “Real” “Barselona” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklar futbolchilari Luka Modrich hamda Nacho Fernandes klub safidagi sovrinlari sonini 24 taga yetkazib oldi. “Real” safida eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritish bo‘yicha faqatgina Karim Benzema hamda Marselo ulardan oldinda. Ikkala futbolchining hisobida 25 tadan sovrin mavjud.
“Qaymoqranglilar” safida eng ko‘p kubok qo‘lga kiritgan futbolchilar top-10 ligi:
1. Marselo — 25 ta
2. Karim Benzema — 25 ta
3. Luka Modrich — 24
4. Nacho — 24 ta
5. Dani Karvaxal — 23 ta
6. Pako Xento — 23 ta
7. Serxio Ramos — 22 ta
8. Manolo Sanchis — 22 ta
9. Toni Kroos — 21 ta
10. Iker Kasilyas — 19 ta
“Real” joriy mavsum La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida ham kurash olib borayotganini hisobga olsak, Nacho va Luka Modrich mavsum so‘nggiga qadar klub tarixidagi eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchilarga aylanishi mumkin.
Izoh (0)