• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ikki yoshida ilk rolini ijro etgan, joniga qasd qilishga uringan va salomatligida muammo sabab og‘ir vazn olgan aktrisa Anjela Yesimbetova 38 yoshda (foto, video)

    Komik aktrisa Anjela Yesimbetova bu yil 38 yoshni qarshiladi. To‘g‘ri, uning ijodi u qadar rang-barang emas. Ammo ekranda uning o‘ziga xosligi yaqqol seziladi. U ilk rolini ikki yoshida dadasi Maxset Yesimbetov suratga tushgan videofilmda ijro etgan.

    “Chaqaloqligimda onamdan ayro yashaganman”

    Anjela Yesimbetova sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Aktrisa Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Maxset Yesimbetov va Jumagul Sagindikova xonadonida dunyoga kelgan.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Men to‘ng‘ich farzand bo‘lganman, tug‘ilganimda onam to‘rtinchi kurs bo‘lgan ekan. Bosh nabira bo‘lganim uchun bobom rahmatli “Sen o‘qish bilan bo‘lib bolani qiynab qo‘yasan, Nukusda qolaversin”, deb meni o‘zi bilan olib qolgan ekan. Onam diplom spektakliga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi uchun majbur mendan uzoqda bo‘lgan. Bobom rahmatli juda mehribon inson edi, haftada ikki marta Nukus Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qatnaydigan samolyotga bilet olib, bir qo‘lida meni, birida beshigimni ko‘tarib, onamning oldiga olib kelarkan. Hatto, aeroport xodimlari ham bobom va meni tanib qolgan ekan. Bobom rahmatli ona suti va mehriga to‘ysin deb bir kecha talabalar yotoqxonasida qoldirgan. Onam “Shunchalik shirin qizaloq edingki, talabalar orasida talash bo‘larding”, deydi. Buvim Sveta laqabli echki boqardi, uning sutini faqat o‘zim ichardim. Bobo va buvimning mehrini ko‘rib ulg‘ayganman, shuning uchun ham 13 yoshimga qadar ular bilan yashaganman, — deydi aktrisa.

    “Agar rozi bo‘lmasangiz, o‘zimni o‘ldiraman”

    Anjela sanʼatkor onasi negadir bu kasbni tanlashiga jiddiy qarshilik qilgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Maktabdagi eng aʼlochi va tashkilotchi qiz bo‘lganman. Ammo maktabni bitirish arafasida onam sanʼatkor bo‘lishimga jiddiy qarshilik qilgan. “Keragi yo‘q, nima qilasan sanʼatkor bo‘lib”, deb qattiq gapirgan. Yosh bo‘lganim uchun “Agar rozi bo‘lmasangiz, o‘zimni o‘ldiraman”, deb jonimga qasd qilishni ham rejalashtirganman. Keyin arang ko‘ndirib, Toshkentga kelganman va institutga hujjatlarimni topshirganman. O‘sha yili Dilnoza Kubayeva va Ulug‘bek Qodirov ham hujjat topshirgandi. Aslida ular bilan kursdosh bo‘lishim kerak edi, ammo shartnoma asosida o‘qishga kirganim uchun o‘qiyolmaganman. Balki onam “Pul to‘lamasak, o‘qishdan ko‘ngli soviydi”, deb o‘ylagandir, bilmadim. Hafsalam pir bo‘lib, yana Nukusga qaytib ketgandim. Bir yildan keyin yana hujjat topshirmoqchi bo‘lganman. Ammo yana onam bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganidan keyin o‘zim Toshkentga kelib, hujjatlarimni dugonam jo‘natib yuborishini so‘raganman. Chunki onam hujjatlarimni berishni istamagandi, — deydi aktrisa.

    “Men o‘zbek bo‘lib tug‘ilishim kerak edi”

    Aktrisa bugungi kunda o‘zbek tilida erkin gaplasha oladi, ammo u bir necha yil avval bu tilni umuman bilmaganini yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Qoraqalpoq oilasida dunyoga kelganman. O‘n birinchi sinfga qadar qoraqalpoq maktabida o‘qiganman. Maktabimizda faqat haftada bir soat o‘zbek tili va rus tili darslari bo‘lardi. O‘qituvchilarning kamligi yoki boshqa sabablar bilan o‘zbek tili darslari har doim ham bo‘lavermasdi. Ammo men o‘zbek tilidagi kitoblarni ko‘p o‘qirdim. “O‘zi men o‘zbek bo‘lib tug‘ilishim kerak edi”, derdim. Toshkentga kelgan paytimda bu tilda gaplashishga biroz qiynalganman, ammo vaqt o‘tgani sari o‘z ona tilimdek bo‘lib ketgan, — deydi aktrisa va rejissor Anjela Yesimbetova.

    “Ota-onamning san’atkor ekanligini yashirganman”

    Anjela Yesimbetovani sanʼat oliygohiga qabul qilishni istashmagan. Aktrisa bundan ranjigani va rektorning qabuliga kirishga majbur bo‘lgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Institutga hujjat topshirgan yilim Qoraqalpog‘istonda ham uning filiali ochildi. Shu bois Toshkentda emas, propiska bo‘yicha Nukusda o‘qishim kerakligini aytishdi. Hujjatlarimni qaytarib berishganida jahlim chiqib, to‘g‘ri institut rektorining yoniga kirganman. “Meni o‘zingiz imtihon qiling. Agar kurs qabul qilayotgan o‘qituvchilaringiz o‘qitishni istamasa, indamay ketaveraman”, deganman. O‘shanda kurs rahbarim Valijon Umarov kursiga qabul qilishga rozi bo‘lgan. “Senda tug‘ma mahorat bor, sahna plastikang bor”, degan gapni ko‘p aytardi. Ammo ota-onamning sanʼatkor ekanligini ancha vaqtgacha sir tutganman. Chunki ularning nomidan foydalanishni istamaganman, — deydi aktrisa.

    “Toshkentda idish-tovoq yuvuvchi bo‘lganman”

    Aktrisa onasining sanʼat institutida o‘qishiga qarshi bo‘lgani uchun unga moddiy ko‘mak bermagani va o‘zi ishlashga majbur bo‘lgani haqida aytadi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Ota-onamdan moddiy yordam olmay o‘qiyman, deb o‘z-o‘zimga so‘z bergandim. Shu bois, birinchi kursdan boshlab ishlashimga to‘g‘ri kelgan. U paytlari talabalarning ishlashi oddiy hol edi. Viloyatlik qiz-yigitlarning ko‘pchiligi o‘qishdan keyin oshxonalarda ishlardi. Men ham tamaddixonalarda idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishlaganman. Chunki shartnoma pulini to‘lash va qo‘shimchasiga Toshkentda yashash uchun ham harakat qilishim kerak edi. Nukusga qaytib borsam “Uddalay olmadi”, degan malomatga qolishdan qo‘rqardim, — deydi aktrisa.

    “Dadam saratonga chalindi”

    Aktrisa otasining og‘ir dardga chalingani va uzoq vaqt kasallik bilan kurashgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Otam nihoyatda samimiy va odamlardan yordamini ayamaydigan inson edi. Jahldor bo‘lib ko‘rinsa-da, nihoyatda mehribon inson edi. Ikkinchi kursda o‘qiyotganimda otam jigar sirrozi kasaliga chalindi. Shu bois, akademik taʼtil olishga to‘g‘ri keldi. Chunki otam kasallik bilan kurashayotgan paytda o‘qiy olmasdim. O‘sha vaziyatda oilamiz ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Kasallikka chalingan insonlar buni juda yaxshi biladi. Dadamni davolatish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilganmiz. Ammo kasallik zo‘rayib, saratonga aylanib ketgan. 2016-yilning 10-yanvar kuni dadamning joni uzilgan. Bir kundan keyin, tug‘ilgan kunimda hayotimdagi eng yaqin insonim dadamni tuproqqa qo‘yganmiz.

    Dadamni yo‘qotganimdan keyin 3-4 yil umuman tug‘ilgan kunimni nishonlashni istamay qolgandim. Chunki bu kun hayotimdagi eng yoqimsiz xotira bilan muhrlanib qolgandi, — deydi aktrisa.

    “Ortiqcha vaznim salomatligim bilan bog‘liq”

    Aktrisa ortiqcha vazni va “Ozsangiz bo‘lmaydimi?” deb yozadigan negativchilarga munosabat bildirdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — To‘g‘ri, avvaldan xipcha bel, ozg‘in bo‘lmaganman. Ammo vaznim ham bu qadar katta emasdi. 78 kg edim va qomatim chiroyli edi. Ammo undan keyin hayotda katta stresslarni boshdan kechirdim. Uning ustiga buqoq bilan bog‘liq kasallik sabab, ortiqcha vazn to‘pladim. Ortiqcha vaznim borligini yaxshi bilaman, buni doim eslatib turish shart emas. Nima qilay, hamma qatori yeb-ichib, harakat qilaman. Ammo tanamdagi o‘zgarishlar yeb-ichishim bilan bog‘liq emas. “Oshqozoningizni operatsiya qildirsangiz bo‘lmaydimi?” deyishadi. Odamning salomatligini bilmay turib aql o‘rgatish oson, men buni yetti o‘lchab bir kesishim kerak, — deydi aktrisa.

    “Bunday rollardan zerikkanman”

    Anjela Yesimbetova rejissorlar asosiy rollarni bermasligi va qahramonlarini faqat ovqatga bog‘lashidan ranjiyotgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Asosiy qahramon yosh va chiroyli bo‘lishi kerak, degan talab yo‘q. Gollivudda 40-50 yoshda ham aktrisalarga bosh rollarni berishadi, qomatidagi kamchilik ham aslida bunga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Ammo bizdagi rejissorlar bundan cho‘chiydi. Avvaliga eʼtibor bermasdim, hozir rolga taklif etishsa “Yana qahramonim ovqat yeydimi?” deb so‘raydigan bo‘lganman. Chunki bunday rollardan zerikkanman. Men ham dramatik rollarni ijro etgim, qahramonning dardini ochib bergim keladi, — deydi aktrisa.

    “Mening ham oila qurgim keladi”

    Aktrisa nega shu yoshiga qadar turmushga chiqmagani va dadasi bilan bog‘liq armonlari haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    — Oilada to‘rtta qizmiz, ukam ham bor. Ammo negadir dadam menga “Qachon oila qurib, meni nabiralik qilasan?” derdi. Balki bosh farzand bo‘lganim uchun bolalarimni ko‘rishni orzu qilgandir. Singillarim turmushga chiqdi, shirindan-shakar farzandlari bor. Ammo dadam rahmatli so‘nggi kuniga qadar to‘yimni ko‘rishni orzu qildi. Taqdir ekan, uning orzusini amalga oshira olmadim.

    Foto: Instagram / @anjela_esimbetova_official

    “Nega turmushga chiqmayapsiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Meni ham oila qurgim keladi, ammo peshonada nima yozilganini bilib bo‘lmas ekan. Peshonamga yozilgan insonni kutyapman, — deydi aktrisa.

    15.01.2024, 17:20   Izoh (0)   67351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kerakmassan, deb ko‘chaga haydashgan” — ofitsiantlik qilgan, tasodifan kinoga kirib kelgan va ayollarning nafratiga uchragan Mashhura Zulfiqorova 39 yoshda (foto,...

    06.01.2024, 16:51

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    Beshinchi urinishda o‘qishga qabul qilingan, aktyorlikda emas, shoirlikda omadi kulgan Erkin Bozorov 35 yoshda (foto, video)

    11.01.2024, 11:50

    “Instagram’da bitta post 18 ming dollarga tushgan”. 29 yoshli bloger va tadbirkor Jahongir Xo‘jayev 120 ming dollarlik mashinasi, bizneslari va daromadi haqida so‘...

    15.01.2024, 13:20

    “Farhodning o‘zi ham operatsiyani reklama evaziga gaplashgan edi”. Halima Ibragimova Farhod Mannopov vafot etgan xususiy klinikani nima sababdan reklama qilgani ha...

    15.01.2024, 10:35

    Instagram: Eriga mashina sovg‘a qilgan Xonzoda,  farzandidan qimmatbaho hadya olgan Doston Ubaydullayev, avtomobilini yangilagan Nargiza Abdullayeva 

    13.01.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.