Microsoft dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. 11-yanvar kuni texnologik gigant Apple’dan o‘zib ketdi va so‘nggi 3 yil ichida birinchi marta global reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kompaniyalarning bozor qiymati kichik farqni ko‘rsatadi. Microsoft aksiyalari 0,5 foizga o‘sgan, natijada kompaniyaning bozor qiymati 2,859 trillion dollarni tashkil etgan. Sessiya davomida bu 2 foizga oshgan va qisqa vaqt ichida kompaniya qiymatini 2,903 trillion dollarga yetkazgan.
Apple aksiyalari 0,3 foizga tushib ketgan. Kompaniyaning bozor qiymati 2,886 trillion dollarni tashkil qilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘zgarishlar texnologik gigantining OpenAI’ga muvaffaqiyatli sarmoya kiritishi va uning neyron tarmoqlarga pul tikishi bilan bog‘liq.
“Microsoft Apple’dan o‘zib ketishi muqarrar edi, chunki Microsoft tezroq o‘sib bormoqda va sun’iy intellekt inqilobidan ko‘proq foyda ko‘rmoqda”, — deydi DA Davidson tahlilchisi Gil Luriya.
Biroq hammasi tez orada o‘zgarishi mumkin. Apple kompaniyasi Vision Pro eshitish vositasini chiqarishga tayyorlanmoqda. Tahlilchilar korporatsiyaning o‘z neyron tarmog‘ini ham kutishmoqda. Yaqin kelajakda Microsoft qo‘lga kiritgan dunyodagi eng qimmat brend unvonini yo‘qotishi ehtimoli bor.
Izoh (0)