Nukus shahrida ikki nafar fuqaro noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlandi va ulardan biri vafot etdi.
Shahar hokimining baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi 6-yanvardagi qarorida keltirilishicha, voqea 2023 yilning 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan.
Ular Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yoqtizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ulardan biri vafot etgan.
Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan.
Izoh (0)