Moskvada tahqirlovchi xarakterdagi videolarni (vaynlar, hazillar) internetga joylashtirganlik uchun tojikistonlik bloger Salmon Jumaboyga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasi.
Poytaxt Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi “v” bandi (nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, shuningdek, inson qadr-qimmatini kamsitish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
“2023-yil 9-dekabr kuni Tojikiston Respublikasi fuqarosi bir guruh rus millatiga mansub shaxslarga nisbatan dushmanlik munosabatlariga asoslangan, slavyan ko‘rinishidagi qizlarning insoniy qadr-qimmatini kamsitish belgilarini o‘z ichiga olgan videolavhani suratga olgan va keyin internetga joylashtirgan”, — deyiladi hisobotda.
Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda, xususan, bloger tomonidan suratga olingan boshqa videolar tekshirilmoqda.
Shot Telegram kanali xabar berishicha, 9-dekabr kuni tarmoqda paydo bo‘lgan videoda bloger “tez orada barcha rus qizlari bizniki bo‘ladi”, deb ta’kidlab, “Natasha bilan” qanday qilib vaqtichog‘lik qilganini aytib beradi.
Izoh (0)