Isroilning janubiy Livandagi havo hujumlari oqibatida “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni Vissam al-Tavil halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Maʼlumotlariga ko‘ra, u “Radvan” maxsus kuchlarining yuqori qo‘mondoni bo‘lgan. “Radvan” “Hizbulloh” qurolli kuchlarining eng elita va jangovar bo‘linmasi hisoblanadi. Ularning soni 5000 ga yaqin. U “Hizbulloh”ning Livan chegarasidagi operatsiyalari uchun mas’ul bo‘lib kelgan. Isroilning mahalliy Telegram kanallari marhum “Hizbulloh” yetakchisi Nasrullohning kuyovi bo‘lganini yozmoqda.
Reuters bilan suhbatlashgan xavfsizlik xodimining aytishicha, “bu juda og‘riqli zarba, hozir (shimolda) vaziyat qizimoqda.” Isroil shimolidagi xavfsizlik kuchlari va mudofaa tizimlari maksimal jangovar shay holatga keltirilgan.
Izoh (0)